18/12/2024

    Mamlakatimizda aholi salomatligini saqlash va mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishni kuchaytirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Samarqand viloyati statistika boshqarmasi jamoasi o‘rtasida sportni rivojlantirish, doimiy tarzda jismoniy mashqlar va turli sport musobaqalarini o‘tkazilish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.

  Joriy yilning 18-dekabridan boshlab sport-salomatlik garovidir shiori ostida boshqarma sport targ‘ibotchisi boshchiligida boshqarmaning barcha xodimlari ishtirokida sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha musobaqalar boshlandi.

 Shuningdek, boshqarma sport targ‘ibotchisi tomonidan tayyorlangan reja-jadvalga asosan aynan 18-dekabr kuni boshqarma xodimlari ishtirokida sportning shaxmat va shashka turlari bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi.

 Ta’kidlash lozimki, muntazam jismoniy tarbiya va ommaviy sportni o‘tkazishdan maqsad – har bir fuqaroda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yomon odatlardan voz kechish, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga rioya qilishdir.

Shuningdek, sport bilan muntazam shug‘ullanish orqali turli kasalliklarga qarshi kurashilib, doimiy immunitet tizimini shakllantirish hamda jismoniy faoliyat orqali xodimlarning ish faoliyatini yaxshilashdir.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech