Bugungi kunda O‘zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlarida tadbirkorlik faoliyatini yuritish va investitsiyalarni jalb qilish uchun islohotlar amalga oshirilayotgani kuzatilmoqda.
Viloyatda keyingi besh yilda chet el investitsiyalari ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 16,1 foizga oshdi.
Yetakchi o‘rinni 135 ta korxonada to‘liq yoki qisman ulushi mavjud bo‘lgan Xitoy egallagan. Bu viloyatda chet el investitsiyalari ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar umumiy sonining 22,3 foiz ulushini tashkil etadi. Shuningdek, Samarqand viloyati iqtisodiyotiga o‘z kapitalini kiritayotgan Turkiya (ulushi 17,2 foiz), Rossiya Federatsiyasi (ulushi 15,9 foiz), Janubiy Koreya (ulushi 5,6 foiz) va Tojikiston (ulushi 3,5 foiz) davlatlari ham yetakchilar hisoblanishadi.