Mamlakatimizda to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish uchun eng qulay investitsiya muhitini yaratish maqsadida iqtisodiyotni liberallashtirish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga aralashuvni cheklash, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini qisqartirish va soddalashtirish, investitsiyalardan erkin foydalanishni ta’minlash shuningdek, hududlarda zarur infratuzilmani yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Natijada har yili xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar ko‘payib bormoqda.
Hududlar kesimida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi faoliyat yuritayotgan korxonalarning jami soniga nisbatan eng katta ulushi Samarqand shahriga 47,7 foiz, tumanlar orasida esa Samarqand – 7,5 foiz, Urgut – 7,0 foiz va Pastdarg‘omga – 5,6 foiz to‘g‘ri keladi.
Axborot xizmati