08/02/2025

    2025-yilning 6-fevral kuni Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari T. Sidikov tomonidan Oqdaryo tumanida jismoniy va yuridik shaxslarning sohaga oid murojaatlarini o‘rganish va hal qilish yuzasidan sayyor qabul uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 

T.Sidikov o‘z ma’ruzasida mamlakatimizda xalq bilan ochiq muloqot qilish orqali odamlarning dardu-tashvishini tinglab, yechimini topishga ko‘maklashish tizimi yo‘lga qo‘yilganligi inson huquq va manfaatlarini ta’minlab, joylarda o‘rtaga tashlanayotgan masalalarni hal etishda o‘z samarasini berayotganligi, to‘kin va obod turmush kechirishiga xizmat qilayotganligi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Oʻzbekistonda statistika sohasini yangi bosqichga koʻtarish
va tubdan isloh qilish, tizimga ilgʻor texnologiyalarni keng joriy qilish orqali rasmiy statistikaning sifati va unga boʻlgan ishonchni yanada oshirish borasida keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligi haqida ma’lumot berib o‘tildi.

Sayyor qabul davomida yigʻilishda qatnashayotgan jismoniy va yuridik shaxslar oʻzlariga tegishli boʻlgan masalalar yuzasidan zarur ma’lumotlarni olish uchun murojaat qildilar va murojaatlarga mutaxassislar tomonidan keng qamrovli javoblar berib o‘tildi.

 Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech