10/02/2025

    2024-yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi 11 759,1 milliard so‘mni yoki qurilish ishlari umumiy hajmining 83,9 % ini tashkil etdi. O‘sish sur’ati 2023-yil yanvar-dekabr oylariga nisbatan 116,7 % ni tashkil qildi.

Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p bajarilgan qurilish ishlari hajmi Samarqand shahri (3 822,6 mlrd so‘m), Payariq (1 422,6 mlrd so‘m), Kattaqo‘rg‘on (690,7 mlrd so‘m), Oqdaryo (497,9 mlrd so‘m), Pastdarg‘om (478,0 mlrd so‘m), Jomboy (338,7 mlrd so‘m), Samarqand (258,2 mlrd so‘m), Urgut (267,3 mlrd so‘m) tumanlarida qayd etildi.

Axborot xizmati

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech