2025-yilning 21-fevral kuni belgilangani kabi Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi xodimlari ishga milliy liboslarda tashrif buyurishdi.
Ajdodlar merosini asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazish – har birimiz uchun sharaf!
Milliy libosimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, qadimiy urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari qolaversa, o‘ziga xos xususiyatlari mujassam. O‘z millatimizga mos ravishda kiyinishimiz qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmat ifodasidir!
Har bir elning o‘ziga xos urf-odatlari va qadriyatlari bor. Milliy liboslar ularning ajralmas qismi sanaladi. Xalqimizga xos an’ana va qadriyatlarni mujassamlashtirgan milliy liboslarimiz yurtimiz mehmonlarini doim qiziqtirib kelgan.
Axborot xizmati