2024-yilning yanvar-dekabr oylarida 31 425 ta nikoh qayd etilgan bo‘lib, har 1000 aholiga nikoh koeffitsiyenti 7,4 promilleni tashkil etgan hamda 2023-yilga nisbatan 0,3 promillega kamayganligi kuzatildi (2023-yilning yanvar-dekabr oylarida 7,7 promille bo‘lgan).
Qayd etilgan nikohlarning yillar kesimida dinamikasi quyidagicha:
2017-yil 38 308 ta;
2018-yil 37 449 ta;
2019-yil 36 159 ta;
2020-yil 33 385 ta;
2021-yil 36 270 ta;
2022-yil 34 056 ta;
2023-yil 32 209 ta.
Axborot xizmati