2025-yilning yanvar-fevral oylari holatiga ko‘ra o‘rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 1 263,5 ming so‘mni (2024-yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan 106,1 %) tashkil etdi.
Ushbu ko‘rsatgichni hududlar kesimida solishtirilganda eng yuqori hajm Samarqand shahri (3 042,0 ming so‘m), Samarqand tumani (2 023,1 ming so‘m), Kattaqo‘rg‘on shahri (1 927,2 ming so‘m) va Bulung‘ur (1 805,8 ming so‘m) tumani hissasiga to‘g‘ri keldi.
Hududlar kesimida ma‘lumot, ming so‘mda (2025-yil yanvar-fevral).
Samarqand sh. 3 042,0
Samarqand 2 023,1
Kattaqo‘rg‘on sh. 1 927,2
Bulung‘ur 1 805,8
Narpay 1 145,3
Kattaqo‘rg‘on 895,9
Urgut 876,3
Jomboy 832,2
Qo‘shrabot 739,6
Ishtixon 713,8
Oqdaryo 705,9
Toyloq 672,4
Payariq 612,6
Paxtachi 554,7
Nurobod 497,9
Pastdarg‘om 461,1
Axborot xizmati