12/02/2026

    Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlarining ikkinchi bosqichi doirasida Samarqand viloyatida belgilangan ishlar izchil amalga oshirilmoqda.

    Bugun Samarqand viloyati statistika boshqarmasining ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi xodimlari tomonidan Samarqand davlat tibbiyot universitetida tahsil olayotgan chet ellik talabalar ro‘yxatdan o‘tkazildi.

    Mazkur jarayon aholining to‘liq qamrab olinishi, jumladan, vaqtincha yashayotgan xorijiy fuqarolar bo‘yicha ishonchli va aniq statistik ma’lumotlarni shakllantirishga xizmat qiladi.. Ro‘yxatga olish ishlari amaldagi qonunchilik talablari asosida, maxfiylik tamoyillariga qat’iy rioya etilgan holda olib borilmoqda.

    Ta’kidlash joizki, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish natijalari kelgusida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech