Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan hunarmandlar soni 22 117 tani tashkil etgan.
Hududlar kesimida hunarmandlar soni quyidagicha:
Toshkent shahrida – 2 906 ta;
Farg‘ona viloyatida – 2 564 ta;
Samarqand viloyatida – 2 090 ta;
Andijon viloyatida – 2 088 ta;
Namangan viloyatida – 1 990 ta;
Xorazm viloyatida – 1 977 ta;
Toshkent viloyatida – 1 791 ta;
Qashqadaryo viloyatida – 1 496 ta;
Buxoro viloyatida – 1 474 ta;
Jizzax viloyatida– 1 033 ta;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 951 ta;
Surxondaryo viloyatida – 845 ta;
Sirdaryo viloyatida – 465 ta;
Navoiy viloyatida – 447 ta.

Axborot xizmati



