04/06/2026

    Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh. Qudratov rahbarligida tarmoq bo‘limlari boshliqlari hamda viloyatdagi shahar va tuman statistika bo‘limlari rahbarlari ishtirokida onlayn yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida 1-korxona, 12-investitsiya dasturlari hamda konsalting xizmatlari tushumlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud masalalar muhokama qilindi.



    Shuningdek, tegishli ko‘rsatkichlarning o‘z vaqtida va sifatli shakllantirilishini ta’minlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda belgilangan vazifalarni samarali tashkil etish yuzasidan ma'sullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Yig‘ilish yakunida ustuvor vazifalar belgilab olinib, ijro intizomini kuchaytirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan kelishib olindi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech