07/08/2026

    Davlat fuqarolik xizmatchilarini mamlakatimiz va jahon miqyosida yuz berayotgan muhim siyosiy-ijtimoiy voqea-hodisalar bilan muntazam tanishtirib borish maqsadida har haftaning juma kunlari "Siyosiy-ma’rifat soati" onlayn o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etib kelinmoqda.


    Navbatdagi o‘quv mashg‘ulotida Samarqand viloyati statistika boshqarmasi xodimlari faol ishtirok etdilar. Mashg‘ulot davomida O‘zbekiston va xorijda sodir bo‘layotgan muhim voqea-hodisalar yuzasidan tayyorlangan siyosiy dayjest hamda ma’naviy-ma’rifiy videolavhalar namoyish etildi.


   

 

    Shuningdek, ishtirokchilar dolzarb mavzular yuzasidan zarur ma’lumotlarga ega bo‘lib, siyosiy-huquqiy bilimlari va dunyoqarashlarini yanada mustahkamladilar.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech