19/08/2026

     2026-yilning yanvar–iyun oylarida “IT Park” ishtirokchilarining xizmatlar eksporti hajmi 392,5 mln AQSH dollarini tashkil etgan.

    Bu koʻrsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 90,3 mln AQSH dollariga oshgan.

    Mazkur davrda “IT Park” ishtirokchilari tomonidan koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 18,2 trln soʻmni tashkil etgan. Bu 2025-yilning mos davriga nisbatan 4,1 trln soʻmga koʻp.

    Shuningdek, “IT Park” ishtirokchilari boʻyicha barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalar hajmi 647,5 mlrd soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 352 mlrd soʻmga oshgan.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech