O‘zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Samarqand viloyati statistika boshqarmasida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.


Tadbirni Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Qudratov Sherzod Asatovich ochib berib, barcha xodimlarni yurtimizning eng ulug‘ va qutlug‘ bayrami — Mustaqillikning 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etdi. O‘z tabrigida yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni asrash, mamlakatimiz taraqqiyoti va farovonligi yo‘lida fidokorona mehnat qilish muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.


Shuningdek, tadbirda boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari hamda Narpay tumani statistika bo‘limi boshlig‘i so‘zga chiqib, jamoa a’zolarini qutlug‘ sana bilan tabrikladilar va barchalarga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik hamda kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladilar.

Tadbir davomida o‘z vazifalarini sidqidildan bajarib, sohada samarali mehnat qilib kelayotgan, faolligi va tashabbuskorligi bilan jamoada alohida o‘rnak ko‘rsatayotgan bir qator xodimlar munosib taqdirlandi. Ularga bayram sovg‘alari hamda tashakkurnomalar tantanali ravishda topshirildi.


















Bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda, samimiy va do‘stona muhitda o‘tdi.

Mustaqilligimiz abadiy, yurtimiz tinch, xalqimiz farovon bo‘lsin!
Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin!
Axborot xizmati



