Samarqand viloyati statistika boshqarmasida Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish, jamoada do‘stona muhit va sog‘lom raqobatni shakllantirish maqsadida sportning shaxmat va shashka turlari bo‘yicha turnir o‘tkazildi.

Musobaqada boshqarma hamda hududiy statistika bo‘lim xodimlari faol ishtirok etib, shaxmat va shashka bo‘yicha o‘zlarining mantiqiy fikrlash, zukkolik va mahoratlarini namoyon etdilar. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda ishtirokchilar g‘alaba uchun munosib kurash olib bordilar.

Turnir yakuniga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, ularga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bunday sport tadbirlari xodimlarning jismoniy va intellektual salohiyatini oshirish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Sog‘lom tana — sog‘lom fikr, sog‘lom fikr — yuksak natijalar garovidir!
Axborot xizmati



