24/08/2026

    O‘zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Samarqand viloyati statistika boshqarmasida bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

    Tadbirda boshqarma jamoasi bilan bir qatorda, uzoq yillar davomida statistika tizimida samarali mehnat qilgan, bugungi kunda nafaqada bo‘lgan faxriylar, taklif etilgan mehmonlar hamda hududiy statistika bo‘limlarida faoliyat yuritayotgan xodimlar ham ishtirok etdilar.

    Tadbir avvalida yurtimizning eng ulug‘ va qutlug‘ sanasi — Mustaqillik bayramining xalqimiz hayotidagi beqiyos o‘rni, mamlakatimiz taraqqiyoti, tinchlik va osoyishtalik, xalq farovonligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar haqida fikrlar bildirildi. Mustaqillik yillarida yurtimizning barcha sohalarida, jumladan, davlat statistika tizimida ham keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

    Shuningdek, tadbir davomida faxriylarning ko‘p yillik mehnat faoliyati, sohaga qo‘shgan munosib hissasi va yosh avlod vakillariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan hayotiy tajribalari alohida e’tirof etildi. Nafaqada bo‘lgan faxriylar samimiy tilaklarini bildirib, yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va barqarorlik, xalqimizning farovon hayoti, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida o‘z fikrlarini bildirdilar.

    Bayram munosabati bilan boshqarma hovlisida milliy qadriyatlarimizga xos tarzda dasturxon yozilib, xalqimizning sevimli va an’anaviy taomlaridan biri — osh tortildi. Jamoa a’zolari, faxriylar, mehmonlar va hududiy statistika bo‘limlari xodimlari bir dasturxon atrofida jam bo‘lib, bayram shodligini birgalikda nishonladilar.

    Samimiy suhbatlar, ezgu tilaklar va bayramona kayfiyatga boy ushbu tadbir ishtirokchilarga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. Tadbir davomida yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi, xalqimiz farovonligi, mamlakatimiz taraqqiyoti va kelajagi uchun ezgu tilaklar bildirildi.

    Bayram tadbiri yakunida barcha ishtirokchilarga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, ishlarida muvaffaqiyat va yangi marralar tilandi. O‘zbekistonimizning tinchligi, obodligi va farovonligi, xalqimizning hamjihatligi va birdamligi doimo barqaror bo‘lishi uchun ezgu tilaklar bildirildi.

    Mustaqilligimizning 35 yilligi barchamizga muborak bo‘lsin!

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech