Samarqand viloyati statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda mamlakatimizda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida erishilayotgan yutuqlar, shuningdek, mustaqillik yillarida statistika tizimida amalga oshirilgan muhim o‘zgarishlar va sohani yanada rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar xususida so‘z yuritildi.
Yig‘ilish davomida statistika organlari tizimida uzoq yillar davomida samarali mehnat qilib, o‘z xizmat vazifalarini vijdonan va mas’uliyat bilan ado etib kelayotgan, soha ravnaqiga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh xodimlarning mehnati munosib e’tirof etildi.


Jumladan, Samarqand viloyati statistika boshqarmasining 5 nafar hamda hududiy statistika bo‘limlarining 5 nafar xodimi ko‘krak nishoni bilan taqdirlangani munosabati bilan yana bir bor samimiy muborakbod etildi va ularning statistika sohasi rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi alohida qayd etildi.

Shuningdek, xizmat vazifalarini namunali bajarib kelayotgan, jamoat ishlarida faol ishtirok etayotgan hamda sohada yuqori natijalarga erishayotgan bir qator xodimlarga faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Tadbir ishtirokchilari taqdirlangan xodimlarni qutlab, ularga kelgusi faoliyatida mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik va yangi mehnat yutuqlarini tiladilar.


Bayram munosabati bilan o‘tkazilgan mazkur tantanali yig‘ilish jamoada ko‘tarinki kayfiyat, Vatanga sadoqat va xizmat vazifalarini yanada yuksak mas’uliyat bilan bajarish ruhini mustahkamladi.
Axborot xizmati



