2026-yilning yanvar–iyul oylarida Oʻzbekistonning chakana savdo tovar aylanmasi 310,9 trln soʻmni tashkil etdi.
Bu koʻrsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan real hisobda 20,2 foizga oshgan.
2026-yil 1-avgust holatiga chakana savdo sohasida faoliyat yuritayotgan tijorat korxonalari soni 90 683 tani tashkil etdi.
Mazkur davrda ulgurji savdo tovar aylanmasi 396,8 trln soʻmga yetib, 2025-yilning mos davriga nisbatan real hisobda 15 foizga oshgan.
2026-yil 1-avgust holatiga respublikada ulgurji savdo sohasida 57 163 ta tijorat korxonasi faoliyat yuritmoqda.

Axborot xizmati



