2026-yil 1-avgust holatiga ko‘ra, Samarqand viloyatida 5 110 ta sanoat korxonasi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari asosiy iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganda, eng yuqori ulush oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘nalishiga to‘g‘ri kelmoqda. Ushbu yo‘nalishda 1 247 ta korxona, ya’ni jami sanoat korxonalarining 24,4 foizi faoliyat yuritmoqda.
Shuningdek, boshqa nometal mineral mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘nalishida 788 ta (15,4 foiz), tayyor metall buyumlar ishlab chiqarish yo‘nalishida 478 ta (9,4 foiz), kiyim ishlab chiqarish yo‘nalishida 379 ta (7,4 foiz) hamda mebel ishlab chiqarish yo‘nalishida 361 ta (7,0 foiz) korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.

Axborot xizmati



