2026-yil 1-avgust holatiga ko‘ra, Samarqand viloyatida chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 10 795 tani tashkil etdi. Shundan 60 tasi yirik korxonalar, 10 735 tasi esa kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri keladi.
2026-yilning yanvar–iyul oylarida viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi 25 794,6 mlrd so‘mni tashkil etib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 117,6 foiz o‘sish sur’atini qayd etdi.
Jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 2 839,0 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 116,2 foizga o‘sdi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 22 955,6 mlrd so‘mni tashkil etdi. Mazkur ko‘rsatkichning o‘sish sur’ati 117,8 foizni tashkil qildi.
Shundan, uyushmagan savdo tovar aylanmasi 2 105,8 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 108,8 foizga teng bo‘ldi.

Axborot xizmati



