Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning eng yuqori ulushi Samarqand shahriga – 30,2 foiz, Samarqand tumaniga – 8,3 foiz, Urgut tumaniga – 7,8 foiz, Pastdarg‘om tumaniga – 7,4 foiz va Payariq tumaniga – 5,1 foiz to‘g‘ri kelmoqda.
Shuningdek, tadbirkorlik va kichik biznes subyektlarining umumiy sonidagi salmoqli ulush Samarqand shahrida mos ravishda 31,6 va 31,4 foiz, Samarqand tumanida 8,9 va 8,8 foiz, Urgut tumanida 7,5 va 7,5 foiz, Pastdarg‘om tumanida esa 7,3 va 7,4 foizni tashkil etdi.

Axborot xizmati



