13/10/2021

 Mamlakatimizda qulay ishbilar-monlik muhitini yaratish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish borasida qator ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. O‘z o‘r-nida, tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish borasida ham qonunchilikda muhim qarorlar qabul qilinib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishni avtomatlashtirilgan tizimi bos-qichma-bosqich ishlab chiqilib, amaliyotga qilinmoqda.   Bu esa, aholi xorijiy investorlarning o‘z shaxsiy biz-nesini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish uchun muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

2021- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni Samarqand viloyati bo‘yicha 46 571 tani tashkil etmoqda. Faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni o‘tgan yilning mos davrida 32 438 tani tashkil qilgan.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech