Viloyat bo‘yicha 2021- yilning yanvar - sentabr oylarida uyushmagan savdo tovar aylanmasi 1 252,8 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2020- yilning mos davriga nisbatan 142,5 %ga ko‘paydi. Shu jumladan, 1-bozor va 1-bozor (chorva) (oylik) kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, dehqon bozorlarida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning uy xo‘jaliklarida yetishtirgan mahsulotlarini sotish hajmi 334,2 mlrd. so‘mni (o‘zgarish sur’ati 100,1 %), chorva mollari va parrandalar sotuvchi jismoniy shaxslarning savdo aylanmasi hajmi 918,6 mlrd. so‘mni (o‘zgarish sur’ati 168,6 %) tashkil etdi.
Axborot xizmati