Hisobot davrida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 7 393,5 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, uning umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 41,6 % ni tashkil etdi.
Hududlar kesimida kichik biznesning sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi eng yuqori ulushi Bulung‘ur, Qo‘shrabot va Nurobod (jami sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi ulushi 100,0 %), Kattaqo‘rg‘on (80,6 %), Urgut (74,5 %) tumanlarida va Kattaqo‘rg‘on shahar (78,2 %) shahrida kuzatildi.
Viloyat hududlari kesimida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida kichik biznes subyektlarining ulushi tahlili shuni ko‘rsatdiki, eng kichik ulush Narpay (20,6 %), Ishtixon (25,9 %), Samarqand shahar (24,9 %) va Toyloq (31,3 %) tumanlarida sanoat ishlab chiqarish hajmlaridagi kichik biznes subyektlari ulushining kamligini, mazkur hudularda joylashgan yirik sanoat korxonalarining ishlab chiqarish hajmlari yuqori ekanligi bilan izohlash mumkin.
Axborot xizmati