2021– yilning yanvar–dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 672,8 ming tonna kartoshka (2020– yilning yanvar–dekabriga nisbatan 7,4 % ga ko‘p) yetishtirildi. Kartoshka yetishtirish ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilganimizda, kartoshka yetishtirish umumiy hajmidan 61,8 % dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.
Axborot xizmati