08/09/2022

Bajarilgan qurilish ishlarining katta qismi yangi bino va inshootlarni qurish bo‘yicha bajarilgan. Jami qurilish ishlarining 67,8 foiz yoki 3178,5 mlrd. so‘mni tashkil etgan.

Yirik qurilish tashkilotlari bo‘yicha yangi qurilish hisobidan 698,9 mlrd. so‘mlik ishlar bajarildi yoki jami yirik qurilish korxonalarining yangi qurilish ishlaridagi ulushi  22,0 foiz ni tashkil etdi.

Kichik korxona va mikrofirmalar bo‘yicha yangi qurilish hisobidan  1987,0 mlrd. so‘m yoki jami kichik korxona va mikrofirmalarning yangi qurilish ishlaridagi ulushi  62,5 foizni tashkil etdi.

Yangi qurilish ishlari hajmida norasmiy sektor hissasiga  492,6 mlrd. so‘m yoki ularning jamiga nisbatan ulushi 15,5 foizni tashkil etdi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech