2022- yilning yanvar-iyul oylarida viloyatning barcha hududlarida joylashgan chorva (parranda) bozorlarida parrandalar va chorva mollari sotuvchi jismoniy shaxslar tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra savdo aylanmasi hajmi 830,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bunda har xil yoshdagi qora mollar savdosi 682,7 mlrd. so‘mni, qo‘y va echkilar 110,7 mlrd. so‘mni, otlar 33,0 mlrd. so‘mni, parrandalar 4,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Axborot xizmati