09/09/2022

Oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi boʻlgan 76,8 mln. AQSh dollari qiymatidagi 106,1 ming tonnadan ziyod meva-sabzavot eksport qilinib, jami eksportning 20,9 foizini tashkil etdi. Bunda 2021-yilning mos davriga nisbatan
27,7 mln. AQSh dollariga ko‘payish kuzatilib, 56,4 foizga ko‘paydi. Mеva-sabzavot mahsulotlarining eksporti tarkibiga qaralsa, 27,2 mln. AQSh dollariga teng 55,5 ming tonna sabzavot, shuningdek, 20,7 mln. AQSh dollari qiymatidagi 19,9 ming tonna meva va rezavorlar eksport qilindi.

 

Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya   Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Qozog’iston, Belarus Respublikasi  hamda Turkiya davlatlari hissasiga toʻgʻri kelgan.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech