Statistika sohasiga oid qaror va qonun hujjatlari yuzasidan targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Abdiyev Sharof Azamovich hududlarga chiqib, statistika sohasiga oid yangiliklar bilan keng jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 11-avgustdagi “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi O‘RQ-707-son qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida tadbir ishtirokchilariga ma’lumot berib o‘tdi.

 

 

Shuningdek, mahalla faollari ushbu qonun yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javoblar olishdi.

 

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech