2022- yil yanvar- avgust oylarida bajarilgan qurilish ishlarining katta qismi yangi bino va inshootlarni qurish bo‘yicha bajarilgan. Jami qurilish ishlarining 69,8 foiz yoki 3797,1 mlrd. so‘mni tashkil etgan.
Yirik qurilish tashkilotlari bo‘yicha yangi qurilish hisobidan 1005,4 mlrd. so‘mlik ishlar bajarildi yoki jami yirik qurilish korxonalarining yangi qurilish ishlaridagi ulushi 26,5 foizni tashkil etdi.
Kichik korxona va mikrofirmalar bo‘yicha yangi qurilish hisobidan 2183,1 mlrd. so‘m yoki jami kichik korxona va mikrofirmalarning yangi qurilish ishlaridagi ulushi 57,5 foizni tashkil etdi.
Yangi qurilish ishlari hajmida norasmiy sektor hissasiga 608,6 mlrd. so‘m yoki ularning jamiga nisbatan ulushi 16,0 foizni tashkil etdi.