29/09/2022

Kun tartibidagi yig‘ilishda boshqarma boshlig‘i v.b. Sh.Abdiyev so‘zga chiqib, Samarqand viloyati hokimligi tomonidan 2022- yil 26- sentabrda 15-01/125-son bilan tasdiqlangan yig‘ilish bayonida belgilangan vazifa va topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlarni belgilab berdi.

Shuningdek, tizimda korrupsiya holatlarining barvaqt oldini olish yuzasidan “Men korrupsiyaga qarshiman”, “Korrupsiya adolat kushandasi”, “Korrupsiyaga qarshi kurash, hammamizning burchimiz”, “Korrupsiya mamlakat taraqqiyotiga to‘siq”, “Korrupsiya taraqqiyot kushandasi”, “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz”, “Faqatgina birga korrupsiyani to‘xtata olamiz” va “Unutmang, Korrupsiyadan har birimiz jabr ko‘ramiz” mavzulari yuzasidan o‘zining fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida korrupsiyaning davlat va jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali usullari va uning oldini olish bo‘yicha xorijiy davlatlarning ijobiy tajribasi, shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar jarayonida korrupsiya omiliga barham berishning ahamiyati kabi masalalar har tomonlama muhokama qilindi.

 

 

Yig‘ilish yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech