2022- yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatning barcha hududlarida joylashgan chorva (parranda) bozorlarida parrandalar va chorva mollari sotuvchi jismoniy shaxslar tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra savdo aylanmasi hajmi 1 063,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bunda har xil yoshdagi qora mollar savdosi 873,1 mlrd. so‘mni, qo‘y va echkilar 143,3 mlrd. so‘mni, otlar 41,5 mlrd. so‘mni, parrandalar 5,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Axborot xizmati