02/03/2023

    Joriy ylining 2- mart kuni Samarqand iqtisodiyot va servis institutida aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish, bu borada amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi belgilangan ishlar, Oʻzbekiston Respublikasi “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Qonunining mazmun-mohiyati, ahamiyati hamda viloyatning demografik holati bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi.

 

 

    Tadbirda Samarqand viloyati statistika boshqarmasi mutaxassislari, Institut professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.

 

 

    Tadbirda viloyat statistika boshqarmasi mutaxassislari tomonidan kun tartibidagi masalalar bo‘yicha batafsil tushunchalar berishdi.

 

 

    Davra suhbati qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘ldi. Talabalarning savollariga statistika boshqarmasi mutaxassislari tomonidan batafsil javob berildi.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech