Korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlikni kuchaytiruvchi qonun ma’qullanmoqda. Korrupsiyaga qarshi kurashda qaysi moddalar o‘zgarishi haqida ma’lumot .
Endilikda hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish (205-modda) hamda Hokimiyat harakatsizligi (208-modda) jinoyatlari g‘arazli niyatlarda sodir etilgan bo‘lsa, besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini qo‘llash nazarda tutilmoqda.
Bundan tashqari, pora olganlik (210-modda), pora berganlik (211-modda) va pora olish-berishda vositachilik qilganlik (212-modda) uchun yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi belgilanmoqda.
Jinoyat kodeksining sakkizinchi bo‘limi Korrupsiyaga oid jinoyatlar atamasi bilan to‘ldirilmoqda. 16 ta moddada nazarda tutilgan, shuningdek, korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etish natijasida olingan daromadlarga nisbatan sodir etilgan jinoyatlar korrupsiyaviy jinoyatlar sifatida qaraladi. Bular:
- 167-modda uchinchi qismi “d” bandi;
- 168-modda to‘rtinchi qismi “g” bandi;
- 192-9, 192-10-moddalari;
- 192-11-modda ikkinchi qismi “v” bandi;
- 205-modda ikkinchi qismi “v” bandi;
- 206-modda ikkinchi qismi “v” bandi;
- 208-modda ikkinchi qismi;
- 209-modda ikkinchi qismi “v” bandi;
- 210, 211, 212, 213, 214-moddalari;
- 301-modda ikkinchi qismi “b” bandi);
- 243-modda.
“Poraxo‘rlik jinoyatlarini sodir etgan shaxslar jazoni o‘tash muddatidan ilgari shartli ozod qilinmasligi, korrupsiyaga oid og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan javobgarlikka tortish muddatining o‘tib ketganligi munosabati bilan jinoyat uchun javobgarlikdan ozod qilish qo‘llanilmasligi belgilanmoqda”.
Axborot xizmati