Kun tartibidagi o‘quv-soatida boshqarma tarmoq bo‘lim boshliqlari ishtirok etishdi.
O‘quv-soatida, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari M.Salimovning “Tizimda korrupsiyaga yo‘l yo‘q” mavzusi yuzasidan axboroti tinglandi.
Shuningdek, Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 10-bobi inson hamda fuqaroning huquq va erkinliklari kafolatlari to‘g‘risida bo‘lib, Konstitutsiyaning 54-moddasida insonning huquq va erkinliklarini ta’minlash davlatning oliy maqsadidir. Davlat inson hamda fuqaroning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlashi hamda
Konstitutsiyaning 55-moddasida har kim o‘z huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilishga haqli ekanligi va har kimga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari va harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanganligi va har kimga buzilgan huquq va erkinliklarini tiklash uchun uning ishi qonunda belgilangan muddatlarda vakolatli, mustaqil hamda xolis sud tomonidan ko‘rib chiqilishi huquqi kafolatlanganligini ma’lumot o‘rnida ta’kidlab o‘tdi.
Jumladan, har kim O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq, agar davlatning huquqiy himoyaga doir barcha ichki vositalaridan foydalanib bo‘lingan bo‘lsa, insonning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi xalqaro organlarga murojaat etishga haqli ekanligi va har kim davlat organlarining yoxud ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari yoki harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rni davlat tomonidan qoplanishi huquqiga ega ekanligi yuzasidan ham tushuntirish berib o‘tdi.
Axborot xizmati