16/06/2023

    Joriy yilning 16-iyun kuni, Samarqand viloyati statistika boshqarmasi rahbariyati hamda xodimlari uchun, tizimda korrupsiyani oldini olish yuzasidan Samarqand viloyati Prokuraturasining Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i va Adliya boshqarmasining Huquqiy axborot bo‘yicha Bosh maslahatchisi hamda OAVlarining muxbirlari ishtirokida seminar o‘tkazildi.

 

 

    Ushbu tadbirni viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari T. Sidikov ochib berib, hozirgi kunda tizimda korrupsiyani oldini olish va ushbu illatga nisbatan jamoada murosasiz muhitni yaratish yuzasidan statistik hisobotlarni topshirish jarayoni to‘liq raqamlashtirilgani va bu borada barcha xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish yuzasidan bir qator salmoqli ishlar amalga oshirilayotganligini ta’kidlab o‘tdi.

 

 

    Shuningdek, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari M. Salimov so‘zga chiqib, boshqarmada korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan 2023-yilning o‘tgan davri mobaynida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi.

 

 

    Shundan so‘ng seminar yig‘ilishni viloyat Adliya hamda Prokuratura boshqarmasi mas’ul mutassadi xodimlari davom ettirib, bugungi kunda jamiyatimizning barcha tizimlarini korrupsiya illatidan tozalash lozimligini, shuningdek, ayni vaqtda barcha soha xodimlarini korrupsiyaviy omillardan qay darajada xabardorligi, ushbu korrupsiyaviy illatlarga  murosasiz munosabatlarini bildira olishlari, qobiliyatlari, korrupsiyaga qarshi kurashishning nazariy asosi hisoblanishi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tishdi. Korrupsiyaga qarshi kurashishda statistik ma’lumotlarning o‘rni beqiyos. Statistik ma’lumotlar korrupsiyaning holatini, xususiyatini, miqyoslarini, o‘zgarishlarini va tendensiyalarini oydinlashtirishda muhim o‘rin tutishi haqida gapirib o‘tishdi.

 

 

    Xulosa o‘rnida, Statistika agentligi tizimida korrupsiyaviy holatlarga nisbatan murosasiz muhitni yaratish, barcha xodimlarning huquqiy madaniyatini doimiy ravishda oshirib borish muhim vazifa hisoblanadi.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech