Kun tartibidagi yig‘ilishda boshqarma boshlig‘i Sh.Abdiyevning tizimda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan axboroti tinglandi.
Shuningdek, statistika hisobotlari shakllarini onlayn qabul qilish va qayta ishlash jarayonida korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymasliklari yuzasidan barcha tizim xodimlari ogoh bo‘lishi kerakligini ta’kidlab o‘tdi.
Statistika hisobotlarini qabul qilish va qayta ishlash jarayonida hisobot taqdim etuvchi subyektlarni ovoro qilish, ularni asossiz statistika idoralariga taklif qilish, to‘lovlar undirish, o‘zaro munosabatlarda sansalorlik, ta’magirlik, poraxo‘rlik va boshqa ko‘rinishdagi korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha korrupsiya holatlari haqida to‘xtalib, Siz korrupsiyani to‘xtata olasiz!”, “Korrupsiyaga to‘qnashdingmi qo‘ng‘iroq qil” va “Unutmang, korrupsiyadan har birimiz jabr ko‘ramiz” mazmunida tayyorlangan qo‘llanma va bukletlarni aholi va tadbirkorlik subyektlari vakillariga doimiy ravishda tarqatib borish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Axborot xizmati