Samarqand viloyatining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2023-yil yanvar-iyun holatiga koʻra, 512,5 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Shundan, eksport 197,9 mln. AQSh dollariga yetgan boʻlsa, import 314,6 mln. AQSh dollari qiymatida qayd etildi.
Samarqand viloyatining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasining eng yuqori hajmlari Rossiya (53,2 %), Qozogʻiston (30,6 %) hamda Tojikiston (6,5 %) davlatlari bilan qayd etildi.
Axborot xizmati