Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i
1984-yilda Samarqand viloyati Paxtachi tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Oliy ma’lumotli, 2006-yil Toshkent moliya institutini tamomlagan. 2026-yil 30-martdan Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga vazifa bajaruvchisi etib tayinlangan.
Mehnat faoliyati:
2002-2004 yy. - Samarqand viloyat qurilish va qurilish ashyolari kasaba uyushmasi qo‘mitasi yo‘riqchisi
2004-2005 yy. - Paxtachi tuman hokimligi moliya bo‘limi byudjet ijrosi hisobi sektori bosh hisobchi o‘rinbosari
2005-2007 yy. - Paxtachi tuman hokimligi moliya bo‘limi byudjetdan mablag‘ oluvchilarning shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ularni harajatlarini to‘lanishini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i
2007-2012 yy. - Paxtachi tumani G‘aznachilik bo‘linmasi boshlig‘i
2012-2014 yy. - Paxtachi tumani xokimligi Moliya bo‘limi mudiri
2014-2014 yy. - Oqdaryo tumani hokimligi moliya bo‘limi mudiri movuni-byudjet bo‘limi boshlig‘i
2014-2015 yy. - Navoiy viloyati hokimligi moliya boshqarmasi byudjet jamlanma bo‘limi yetakchi iqtisodchisi
2015-2015 yy. - Navoiy viloyati hokimligi moliya boshqarmasi daromadlarni iqtisodiy taxlil qilish va rejalashtirish bo‘limi bosh iqtisodchisi
2015-2016 yy. - "Navoiy neftbaza" unitar korxonasi "Zarafshon" filiali bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi moliya inspektori
2016-2017 yy. - "Qiziltepa un zavodi" aksiyadorlik jamiyati bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi moliya inspektori
2017-2020 yy. - Paxtachi tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari
2020-2020 yy. - Paxtachi tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari
2020-2021 yy. - O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i
2021-2026 yy - Oqdaryo tumani hokimi
2026 y – h.v - Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i v.b
Oilali, to‘rt nafar farzandi bor.



