Joriy yilning  12- iyul kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi Sidikov Tolib Iskandarovich hamda boshqarmaning bir nechta boʻlim boshliqlari ishtirokida Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi orqali “Ochiq muloqot” boʻlib oʻtdi.

Tadbirda statistikaga oid Qonun, Qaror hamda Farmonlarning ijrosi, sohada amalga oshirilayotgan ishlar, statistik hisobotlar, ularning qabul qilinish jarayonlari, jamlash, nashr etish, viloyat va hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi toʻgʻrisida gapirildi.

Shuningdek, sohalar bo‘yicha berilgan savollarga tegishli bo‘lim boshliqlari tomonidan javoblar berildi.

 

Muloqot davomida T. Sidikov, jurnalistlar hamda teletomoshabinlar tomonidan berilgan barcha savollarga atroflicha javob berdi.

Muloqot savol-javoblarga boy tarzda boʻlib oʻtdi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech