Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari

 

1983-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tavallud topgan. Millati o‘zbek. Oily ma’lumotli, 2006-yil Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini hamda 2015-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. 2022-yil 5-oktabrdan boshlab Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga vazifa bajaruvchisi etib tayinlangan.

Mehnat faoliyati:

2000-2006 – yillarda Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti talabasi

2003-2004 – yillarda harbiy xizmat

2004-2006 – yillarda Gulobod ijtimoiy-iqtisodiy kollej o‘qituvchisi

2006-2007 – yillarda Samarqand viloyati A.Jo‘rayev nomidagi qo‘g‘irchoq teatri hisobchisi

2007-2007 – yillarda Samarqand viloyati statistika boshqarmasi Investitsiyalar va qurilish statistikasi bo‘limi 1-toifali mutaxassisi

2007-2008 – yillarda Samarqand viloyati statistika boshqarmasi qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi bo‘limi yetakchi mutaxassisi

2008-2010 – yillarda Samarqand viloyati statistika boshqarmasi Satistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari

2010-2011 – yillarda Samarqand shahar statistika bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, bo‘lim boshlig‘i v.b.

2011-2014 – yillarda Samarqand shahar statistika bo‘limi boshlig‘i

2014-2019 – yillarda Samarqand viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari

2019-2020 – yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Demagrafiya va mehnat statistikasi boshqarmasining, Aholi, demografiya va mehnat statistikasi bo‘yicha yig‘ma tahliliy axborotlarni shakillantirish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari

2020-2021 – yillarda Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi

2021-2021 – yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, Mehnat resurslari balansi, bandlik va mehnatga haq to‘lash ko‘rsatkichlarini shakillantirish bo‘limining bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari

2022- yil – h.v. Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari

Oilali, to‘rt nafar farzandi bor.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech