Samarqand viloyatida 2023-yil 1-iyul holatiga 1 kvadrat kilometrga o‘rtacha 248,0 kishi to‘g‘ri kelgan. Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 5,4 kishiga ortgan (2022-yilda 1 kv.km.ga 242,6 kishi). Shahar va tumanlar bo‘yicha qaraydigan bo‘lsak, aholi zichliginig eng yuqori ko‘rsatkichi Kattaqo‘rg‘on shahrida 9 450,0 kishi, Samarqand shahrida 4 833,3 kishi, Toyloq tumanida 778,2 kishini tashkil etgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkichlar Nurobod tumani 33,0 kishi, Qo‘shrabot tumani 65,0 kishi, Paxtachi tumani 109,5 kishini tashkil etgan.
Axborot xizmati