Samarqand viloyati statistika boshqarmasida Biznesni ro‘yxatga olish bo‘yicha Call Center tashkil etildi

    Samarqand viloyati statistika boshqarmasida Biznesni ro‘yxatga olish jarayonida ishtirok etuvchi tadbirkorlik subyektlari va tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan jismoniy shaxslarga tezkor axborot va amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida maxsus Call Center tashkil etildi.


    Call Center orqali Biznesni ro‘yxatga olish tadbirining tartibi, ishtirok etish jarayoni hamda fuqarolar va tadbirkorlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan tegishli tushuntirish va ma’lumotlar olish mumkin.
    Mazkur xizmat orqali murojaat qiluvchilarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha tezkor va ishonchli ma’lumot berish yo‘lga qo‘yilgan.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech