15/09/2023

    O‘zbekiston Respublikasi Davlat xizmatlari agentligi tomonidan, “Siyosiy-ma’rifiy hamda huquqiy savodxonlikni oshirish” bo‘yicha tashkil etib kelinayotgan malaka oshirish kurslarida Samarqand viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ham doimiy ravishda faol ishtirok etib kelishmoqda.

 

2023-yilning 15-sentabr kuni o‘tkazilgan "Siyosiy-maʼrifat soati"da “O‘zbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlash va uni 2023-yilda amalga oshirish chara-tadbirlari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni va qarori mazmun mohiyati, “Konstitutsiyaviy savodxonlik”, “Mutolaa vaqti” ruknlari hamda O‘zbekiston va xorijdagi muhim jarayonlar haqida ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, o‘quv soati davomida hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, O‘zbekiston va xorijda yuz berayotgan  muhim jarayonlarga xodimlar ko‘nikmasini shakllantirish, ularni davr talabidan kelib chiqqan holda huquqiy savodxonligini doimiy ravishda oshirib borishga yo‘naltirilgan.

 

Axborot xizmati

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech