Biznesni ro‘yxatga olish bo‘yicha Call-markaz tashkil etildi

    Samarqand viloyati statistika boshqarmasida biznesni ro‘yxatga olish jarayonlari yuzasidan murojaatlarni qabul qilish va tadbirkorlik subyektlariga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida Call-markaz xonasi tashkil etildi.

    Biznesni ro‘yxatga olish, so‘rovnomalarni to‘ldirish hamda ushbu jarayon bilan bog‘liq savollaringiz yuzasidan 1851 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

    Call-markaz mutaxassislari sizni qiziqtirgan savollar bo‘yicha zarur tushuntirish va ma’lumotlarni taqdim etishga tayyor.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech