2023-yilning yanvar-avgust oylarida viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi 16 952,4 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022-yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 105,7 % ni tashkil etdi. Shu jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 3 219,9 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 98,1 %), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 13 732,5 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 107,7 %), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 1 645,6 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 113,6 %) tashkil etdi.
Axborot xizmati