2023-yil 25-sentabr kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasi rahbariyati tomonidan hududiy statistika bo‘lim xodimlari uchun onlayn seminar tashkil etildi.
Mazkur tadbirga boshqarma boshlig‘i Abdiyev Sharof, boshqarmaning xizmatlar sohasi statistikasi bo‘limi bosh mutaxassisi Nurali Eshkobulov hamda hududiy statistika bo‘lim xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirda Xizmatlar sohasi statistikasi bo‘limi bosh mutaxassisi N. Eshkobilov hududiy statistika bo‘lim xodimlariga Xizmatlar sohasi statistikasi koʻrsatkichlarini shakllantirish, xizmatlar kuzatuvlarini o‘z vaqtida sifatli o‘tkazish boʻyicha tushuncha va ko‘rsatmalar berib o‘tdi.
Seminar davomida Xizmatlar sohasini rivojlantirish, kuzatuvlar o‘tkazish jarayonidagi mavjud muammo va kamchiliklarni muhokama va tahlil qilish boʻyicha ham fikr almashildi.
Axborot xizmati