23/10/2023

    Aholini ro‘yxatga olish doirasida shaxslarning iqtisodiy xususiyatlariga oid statistik ma’lumotlarni to‘plash zarurati ko‘plab sabablarga bog‘liq. Mamlakat iqtisodiy tuzilmasining keng qamrovli suratini, shuningdek, ish rejimlarini tuzish, mehnat bozorida ishtirok etish va mamlakat aholisining mehnatidan kam foydalanish tizimini yaratish uchun shaxslarning samarali faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar juda muhimdir. Ushbu ma’lumot boshqa shaxslar tomonidan berilgan ma’lumotlar bilan birgalikda, aholini ro‘yxatga olish doirasida yig‘ilgan uy xo‘jaliklari va uy-joylar, shaxslar va uy xo‘jaliklarining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini baholashga imkon beradi. Bu esa, ish o‘rinlarini yaratish, kambag‘allikni kamaytirish, ish va shaxsiy hayot o‘rtasidagi munosabatlar, kasb-hunar ta’limi va o‘qitish, ijtimoiy ta’minot yo‘nalishlari va boshqa ijtimoiy nafaqalar bo‘yicha imtiyozlar berish, gender tenglik va ijtimoiy inklyuzivlik, fuqarolar ishtiroki va boshqalar bilan bog‘liq.

    Bunday statistikani boshqa manbalardan olish mumkin, masalan, ishchi kuchini o‘rganish bo‘yicha uy xo‘jaliklariga asoslangan kuzatuvlar va ma’muriy manbalardan, ammo, bu boshqa manbalar bilan muayyan cheklovlarga olib kelmoqda. Uy xo‘jaliklari so‘rovlarida, aynan ishchi kuchi tadqiqotlari umummilliy darajada va keng mintaqaviy darajadagi guruhlarni aholining iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha keng ko‘lamli statistik ma’lumotlarni ishlab chiqish uchun juda mos keladi. Lekin, ishchi kuchini o‘rganish kuzatuvlari doirasida olingan ma’lumotlar tabiiyki xatolarga moyil bo‘ladi, shuning uchun kamdan-kam hollarda, kichik tumanlar iqtisodiyotiga yoki tarmoqlarni guruhlash borasida ishonchli baho berishga imkon beradi.

    Aholining iqtisodiy xususiyatlariga tegishli statistikani ishlab chiqish bo‘yicha xalqaro rezolyusiyalar va ko‘rsatmalar xalqaro mehnat statistikasi konferensiyasi tomonidan qabul qilinadi va xalqaro mehnat tashkiloti boshqaruv organi tomonidan tasdiqlanadi.

 

 

    Aholining iqtisodiy xususiyatlarini o‘lchash mehnat statistikasining konseptual o‘zagiga asoslangan. Ushbu asoslar doirasida mehnat faoliyatining maqsadlari ma’lumotnomada “har qanday jins va yoshdagi shaxslar tomonidan tovarlar ishlab chiqarish yoki o‘zlari uchun xizmatlar ko‘rsatish faoliyati, har qanday faoliyat ” deb belgilanadi.

    Turli vazifalarni haol qilish uchun mamlakatlar aholining iqtisodiy xususiyatlarini bir yoki bir nechta mehnat faoliyatida ishtirok etish nuqtai nazaridan o‘lchashlari mumkin. Xususan, aholini ro‘yxatga olish doirasida o‘lchov:

  • Ish bilan ta’minlash ishchi kuchi statistikasini rivojlantirishning tarkibiy qismi sifatida ishsizlik va ishchi kuchidan foydalanmaslikning boshqa ko‘rsatkichlarini baholash uchun aholining mehnat bozoridagi ishtiroki va qisqa muddat davomida ishchi kuchidaishtirok etish holatiga ko‘ra aholini tasniflash juda muhimdir;
  • Aholini ro‘yxatga olish va qishloq xo‘jaligining ro‘yxati aholi soni, o‘zlari uchun tovarlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan faoliyatlar, aholining o‘ziga xos guruhlari qishloq xo‘jaligi, baliq ovlash va yoki ov qilish hamda o‘zlarining foydalanishlari uchun tirikchilik bilan shug‘ullanish mamlakatlarda juda muhim sanaladi.

    Aholining iqtisodiy xususiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar  har bir mamlakatning shartlari asosida belgilangan minimal yoshga yetgan har bir shaxs uchun to‘planishi kerak. Milliy dasturlarda mehnatga layoqatli aholi yoki bolalar mehnati statistikasidan aholini ro‘yxatga olish doirasida ishlab chiqilgan ma’lumotlar asosida foydalaniladi.

    Aholining iqtisodiy xususiyatlarini o‘lchash uchun yuqori yosh chegarasini belgilash tavsiya etilmaydi, chunki, ko‘pchilik odatdagidan keyin turli xil mehnat shakllarida ishtirok etishni davom ettiradi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech