21/11/2023

    Joriy yilning 21-noyabr kuni Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi, Xizmatlar sohasi statistikasi bo‘limi boshlig‘i X.Xazratkulov Samarqand shahrida statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi D.Korachayev bilan shuningdek, Xizmatlar sohasi statistikasi bo‘limi bosh mutaxassisi N.Eshkabulov Oqdaryo tumanida statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi F.Dustmurodov bilan birgalikda bozor xizmatlarini koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarning faoliyati bilan yaqindan tanishish va tanlanma kuzatuvlarni sifatli tashkil etish maqsadida oʻrganish ishlari olib borishdi.

 

 

O‘rganishlar davomida bozor xizmatlarini koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati oʻrganildi va kelgusida kuzatuv jarayonlarni sifatli oʻtkazish uchun kuzatuvga mas’ul bo‘lgan xodimga tegishli tavsiyalar berildi.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech