11/01/2024

    2024-yilning 10-yanvar kuni Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi mutaxassislari tomonidan Toyloq tumanida joylashgan 22-sonli umumta’lim maktabida o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun seminar tashkil etildi.

Tadbirda Statistika boshqarmasi “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i J. Karimov aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish, bu borada qabul qilingan me’yoriy hujjatlar, qonun va qarorlar hamda ularning ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi belgilangan ishlar bo‘yicha batafsil maʼlumot berdi.

 

 

Seminarda doimiy aholi soni, oʻrtacha ish haqi, xalqaro tashkilotlar bilan statistika idoralarining hamkorligi, ilmiy ishda kerak boʻladigan statistik tahlillar, ochiqlik va shaffoflik borasida tushunchalar berib o‘tildi.

 

 

Seminar qatnashchilari tomonidan berilgan savollarga Statistika boshqarmasi mutaxassislari atroflicha javob berishdi.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech